Gusev (Kaliningrad viloyati)
Gusev Гусев | |
---|---|
tuman | |
54°35′00″N 22°12′00″E / 54.58333°N 22.20000°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Aholisi | 29 234 (2 021) |
Milliy tarkib | ruslar, ukrainlar |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslav |
Telefon kodi | 7 401-43 |
|
Gusev (ruscha: Гу́сев; nemischa: Gumbinnen; litovcha: Gumbinė; polyakcha: Gąbin[1]) – Rossiya davlatining Kaliningrad viloyatida joylashgan. Aholisi: 29 234 kishi (2021-yil holatiga koʻra). Kaliningraddan 12 km uzoqda joylashgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gumbinnen Prussiya gersogligidagi aholi punkti boʻlgan(litovcha: Gumbinė). Birinchi marta Polsha Qirolligining vassal gersogligi 1580-yilgi hujjatlarda bu aholi punkti haqida qayd etib oʻtgan. 1545-yilda Gohensollernning buyrugʻiga koʻra, Prussiya gersogi Albert tufayli Gumbinnen shahrida protestant qishlogʻi tashkil etilishi boshlangan va 1582-yilda qurib bitkazilgan. 1618-yilda Gumbinnen Brendenburg-Prussiya tarkibiga kirgan va Polsha nazoratni oʻz qoʻliga olgan.
Gumbinnen 18-asrgacha Prussiya qirolligi tarkibida boʻlgan. 1709-1711-yillar oraligʻida bu hudud Shimoliy urush talofatlari tufayli vayron boʻlib, Prussiyaning „Qirol askari“ Frederik Uilyam I buyrugʻi bilan 1732-yilda Salzburgga qaytadan qurilgan[2]. Zalsburg protestantlarining birinchi qishlogʻi 1752-1752-yillarda qurilgan. 1840-yilda Karl Fridrix Shinkel tomonidan ishlab chiqilgan neoklassik arxittektura uslubida qayta qurilgan. Qishloq 1995-yilda Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning protestantlari tomonidan qayta tiklangan.Birinchi jahon urushi davrida Sharqiy frontda Gumbinnen jangi boʻlib oʻtgan. 1914-yilning avgust oyida bu jangda Rus armiyasi Gumbinnenni bir necha oy ichida bosib olgan. Keyinchalik, nemis qoʻshinlari Gumbinnenni qaytarib olishga muvaffaq boʻlishgan. Urush tugagach,1945-yilda Berlin konferensiyasida eʼlon qilingan chegara oʻzgarishlariga koʻra, avvalgi Sharqiy Prussiya viloyatining shimoliy qismi Sovet Ittifoqining bir qismiga aylangan, shu jumladan Gumbinnen ham. 1945-yilning yanvar oyida Gumbinnen yaqinidagi jangda halok boʻlgan va Sovet Ittifoqi Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan Qizil Armiya sardori Sergey Ivanovich Gusev sharafiga shaharni Gusev deb nomlashgan.
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gusev Kalininggrad viloyatini Litva va Belarussiya orqali Rossiyaning asosiy hududlari bilan bogʻlaydigan ikki yoʻlli temir yoʻl liniyasida joylashgan.
Yantar iqtisodiy zonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1990-yillarda Kalininggrad viloyatida Yantar iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Hududdagi baʼzi loyihalar Gusev shahrida joylashgan va bunga misol qilib NPO CTS ni keltirish mumkin.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ M. Kaemmerer. Ortsnamenverzeichnis der Ortschaften jenseits von Oder u. Neiße (de), 2004. ISBN 3-7921-0368-0.
- ↑ Turner, George. Salzburger, Ostpreußen - Integration und Identitätswahrung (de), August 2017. ISBN 9783830537878.