Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullatifxon (?-1551, Samarqand) — Buxoro xonligi oʻzbek hukmdori (1540 — 1551) — shayboniylar sulolasidan.
Koʻchkunchixonning oʻgʻli. A. Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537-38). 1541-yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb eʼlon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yoʻl qoʻygan; Baroqxon bilan birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokimi Abdulla sulton (qarang Abdullaxon II) bu hujumni qaytargan.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil